chet elda bola tarbiyasi
Assalomaleykum,muhtaram ustoz.Biz chet elda yashaymiz,har xil millat vakillari bo‘lgan musulmonlar bilan munosabatda bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi,jumladan bolalarimiz ham.Biz bolalarimizga qo‘ni-qo‘shnilarga birinchi salom berishga,sizlab gapirishga,kattalarning gapiga aralashmaslikka o‘rgatamiz.Bolalarimiz bunday qilishi bilan ko‘chamizdagi,maktabdagi boshqa bolalardan farq qiladi.Kattalarga birinchi bo‘lib salom berishi borasida maktabdan yaxshi fikrlarni eshitgan bo‘lsak,ko‘chamizdagi ayollardan boshqacha fikrlarni eshitdik.Sizlar bolalaringizni erkin tarbiya qilmaysizlar,bolalaringiz o‘ziga ishonchi baland emas,jamiyatda o‘zini erkin tutmaydi va shu kabi gaplar eshitgan vaqtlarimiz bo‘lgan.Lekin men u ayollar bolasiga baqirgani kabi bolalarimga baqirmayman,urmayman.Faqat noto‘g‘ri ishlarni qilganida tergayman,muntazam ravishda odobli bo‘lish kerakligini eslatib turaman.U ayollar esa mendan faqrli ravishda bolalari noto‘g‘ri ish qilganida jimgina qarab turadi,ayrim vaqtlarda bolasining ishini ochiqchasiga qo‘llaydi.Masalan,bir bola boshqa bolaning uyiga o‘ynashga borganida mehmon bola izn so‘raydi,mezbon bola esa men bu bilan o‘ynamoqchi emasman,oyi uyga kiritma deydi.Oyisi mehmon bolani uyga kiritmaydi... Qo‘shni ayollarning yuqoridagi kabi gaplaridan keyin bolamni kuzatsam haqiqatdan ham tengdoshlarining oldida qattiq gapirish,do‘q urish,murosasizlikka o‘xshash ishlarni ularga nisbatan kam qilishi bilinadi.Ya‘ni o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsalar,bolam murosaga boradi,urush chiqarmasdan echim topib o‘ynashga harakat qiladi.Boshqa bolalar bunday ishlarni qo‘rqoqlik,jur‘atsizlik deb hisoblaganlaridandir balki, o‘z injiqliklarini ko‘rsatishda davom etishadi.Sen ham ularga qiliqlariga yarasha javob ber desam,uncha eplolmaydi,chunki murosaga borib o‘rgangan.Biz o‘zimizning usulimizda davom etaveraylikmi yoki "hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lish odamga unchalik foydali emas" degan gaplardan kelib chiqib tarbiya beraylikmi?Javobingiz ichun Alloh rozi bo‘lsin.Bizlarni olimlarning qadriga etib,ulardan foydalanaadiganlardan qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gapingizdan qo‘shnilaringiz “g‘arb”ning tasiri ostida qolganlar ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Ularning gapiga mutlaqo e’tibor bermang. Sizning tarbiya uslubingiz islomiy uslubdir. Bu juda ham yaxshi. Andishani qo‘rqoqlik deyish yaxshi emas. Ularning bolalari kim bo‘lishini hozirdanoq o‘zingiz ham ko‘irib turibsiz ekan.
5 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 167 | Bola tarbiyasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gapingizdan qo‘shnilaringiz “g‘arb”ning tasiri ostida qolganlar ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Ularning gapiga mutlaqo e’tibor bermang. Sizning tarbiya uslubingiz islomiy uslubdir. Bu juda ham yaxshi. Andishani qo‘rqoqlik deyish yaxshi emas. Ularning bolalari kim bo‘lishini hozirdanoq o‘zingiz ham ko‘irib turibsiz ekan.
5 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 167 | Bola tarbiyasi