Dadamni so‘rab kelishganida yolg‘on ishlatish

Assalomu alaykum! Kishi o‘zi xoxlamasdan, ilojsizlikdan gunox ekanini bilib turib yolg‘on gapirsa, unga gunox yoziladimi? Bunday savol berishimni sababi, dadam uyda bo‘lgan paytlarida, ish bilan so‘rab chaqirib kelishadi. Dadam charchagani bois, yoki boshqa sabab uyda yo‘qlar biron joyga ketgan deb ayt deydilar. Keyin men o‘zim xoxlamasam xam so‘raganlarga yo‘qlar deb yolg‘on gapiraman. Keyin darrov istig‘for aytaman, lekin bu ish juda ko‘p takrorlanadi, qayta-qayta yolg‘on aytgim kelmaydi, Allohdan qo‘rqaman lekin boshqa yo‘lini topolmayapman, shunday xolatda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima bo‘lsa ham yolg‘on gapirmang. Ochiq-oydin charchab dam olayotganini ayting. Sizning holatingiz ilojsizlik emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar