Homiladorlikni to‘xtatish uchun
Assalomu alaykum! Ayolim uchinchi farzandga homilador. InshaAlloh farzandimiz dunyoga kelganidan keyin yana homilador bo‘lib qolmaslik uchun bachadon yo‘lini bog‘latib qo‘ymoqchi. Ayolimning aytishicha bu asrlar davomida qollanib kelingan usul ekan. Bunga shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nojoiz deydi. Avvalgi asrlarda ham fosiqlar bo‘lgan. Saqlanishni boshqa yo‘llarini qiling. Bu Alloh yaratgan hilqatni o‘zgartirish hisoblanadi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللّهِ وَمَن يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِّن دُونِ اللّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا «Allohning yaratganini o‘zgartirish» hayvonlarni va odamlarni bichish, kuydirish yoki boshqa yo‘llar bilan inson badaniga turli alomatlarni solishdir. Bunday ishlarni qilganlar ham shaytonning yo‘liga yurgan bo‘ladi.
«Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyon ko‘ribdi». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 144 | Ayollarga oid masalalar