Er masalasi
. Assalomu aleykum shaxy hazratlari. Alloh uchun qilayotgan xizmatlarizdan O‘zi rozi bolsin!Hazrat, iltimos quyida man bayon qiladigan chigal masalaning shar‘iy hukmini chiqarib bersangiz. 1993 yilda Davlat tomonodan otamga qoshimcha er berilgan edi. Ushbu erdan oilamiz faqat foydalanish huquqiga ega bolib uni sota olmaydi hamda sotib ololmaydi, lekin soligini oz vaqtida tolashi kerak va otam shunday qilib kelyaptilar. 2002 yilda oilamiz pulga muhtoj bolib qoganda otam qoshnimizdan protsentga 150000 som pul oganla(u paytlarda diniy ilm yoqligidan shu ishga qol urganla, ammo vaqt otishi bn keyinchalik tavba qiganla) 2003 yilda otam erni osha qoshnimizga 600000 somga baholab sotganlar. bu savdo ogzaki bolib hech qanday hujjatga ikkala tomon ham imzo chekmagan, oldin otam qoshnimizga buni tushuntirganla, yani otam "erni hujjati yoq, buni manga davlat faqat foydalanish uchun bergan, ozing kelishib hujjat qila olsang bu sani ishing, man tilxat xat ham yozib berolmayman" deganla. u qoshni mayli ozim amallayman degan. oradan ikki kun otib 370000 som keltirib otamga er uchun bergan va aytganki, sizni 30000 som protsentdan qarziz bor edi, osha bn 400000 som boladi man sizga boshqa pul bermayman deb aytgan. otamga pul zarur bogani uchun indamaganlar. Ammo bir kun kelib berarsan deb qoyganla. Shu bilan mana on yildirki otam osha er uchun undan foydalanmasalarda soliq tolab keladila. qoshnimiz haliyam hujjatini qila olmayapti, chinki buning iloji yoq. Biz olida besh farzandmiz uchtamizning uy-joyimiz bor. ikkitamizda yoq. Otam agar ariza yozib chiqsala davlat bir ogillariga osha 8sotixli erni uy-joy qilish uchun farzandlaridan birining nomiga toliq otkaza oladi. Ammo otam bunday qila olmayman qoshniga lafz qilib sotganman deyaptilar. osha erning hozirgi narxi on million som atrofida baholanadi. qoshnimiz oshanda kelishilga narxning 200000 somini bermagan va bermayman deb aytgan. on yil.davomida erdan ekin ekib foydalanib kelishyapti, vaholanki soliqni otam tolab kelganlar. Uztoz, maslahat bering otam va biz qanday yol tutsak bu shar‘an togri boladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulk talash masalasini bir taraf bilan hal qilinmaydi. Hamma aloqador talablar ishtirokida hal qilinadi. Bir tarafning gapi asosida javob bergan odam shariatga xilof ish qilgan bo‘ladi. Siz meni o‘sha xatoni qilishga chorlamoqdasiz.
5 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 180 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulk talash masalasini bir taraf bilan hal qilinmaydi. Hamma aloqador talablar ishtirokida hal qilinadi. Bir tarafning gapi asosida javob bergan odam shariatga xilof ish qilgan bo‘ladi. Siz meni o‘sha xatoni qilishga chorlamoqdasiz.
5 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 180 | Islam