Xijob kiyganlar haqidagi gap

Assalomu alaykum! Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir narsa o‘qib qoldim shu javobga tushunmaganim uchun sizdan so‘rayabman Xozirgi aksar xijob o‘rayotgan ayollar ota onasi aytgani uchun o‘ragan 2 Moda uchun o‘ragan 3 Erga tegish uchun o‘ragan 4 Xunuk ekanligini bilintirmaslig uchun o‘ragan 5 Odamlarni gapi uchun o‘ragan 6 Urf odat ekanligi uchun o‘ragan 7 Sovuqdan saqlanish uchun o‘ragan 8 O‘zi ham bilmaydi nimaga o‘raganligini. Bu tepadagi 8 turlik hijob o‘raganlar bular xijob o‘ragan deb aytilmaydi. Balki xijobni Vosita qilgan yoki riyo qilgan ayollardan xisoblanadi. Xijobni faqatgina Allohni buyrug‘i menga farz deb o‘ralsagina xaqiqiy xijob o‘raganlarni xukmiga kiradi. Vallohu a’lam. ✍Mustafo Xafizahulloh. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunchalik o‘ranib avratlarini berkitib turganiga shukur qilib turaylik. E’tiborni o‘zimizni holimizga qarataylik. O‘zimiz so‘roq savoldan qanday o‘tishimiz hali noma’lum, ayollarni muhokamasini qo‘yib turaylik. Qolaversa shu ayollarimizga onamiz, opamiz, singil yoki ayolimizga ilm olishga sharoit qilib berib ilmga targ‘ib qilsak qaysi amalni nima niyatda qilishlarini bilib olishadi va savobi mukammal bo‘ladi va bu kabi amalni habata bo‘lishidan saqlanishar edi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:25 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar