Kiyimdan sadaqa berish
Assalomu alaykum! Men uglimning kichrayib kolgan va ozrok eskirgan ammo, yaxshi xolatda saklanib kolgan kiyimlarini moliyaviy jixatdan kiynalib turgan oilaning bolasiga bersam va u rozi bulib olsa bu sadakaga kiradimi. Savolni noturgi bergan bulsam uzr. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan bolaning shaxsiy mol-mulkini qarzga berishi ham joiz emas, chunki yosh bolaning ijozati e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun davlat tomonidan bolalar uchun ajratilgan pullar yoki bolaga otasidan boshqa qarindoshlaridan merosga tekkan mol-mulk, shaxsiy mulk qilib olib berilgan kiyim-kechaklarni ota-ona yoki o‘sha qarindoshlar birovlarga qarz qilib yoki hadya qilib berishi joiz emas. Agar bolalar uchun vaqtincha foydalanib turishga yoki kichik kelib qolsa yoxud o‘ziga yoqmay qolsa, birovga berib yuborish sharti bilan sotib olingan kiyim yoki boshqa narsalar olib beruvchining mulki hisoblanadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 153 | Zakot