O‘tmishdagi xatolarni yuziga soladiganlar
Assalomu alaykum! Inson o‘tmishda xatolar gunohlar qilsa boshqa bir inson esa uni yuziga solaversa yoki onda sonda shunaqa qilgansan desa shu inson yani yuziga solgan inson ham shu xatolarni gunohlarni qilmagunicha vafot etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilganidan keyin yuziga solish mumkin emas. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar».
Sharh: Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz. عَنْ وَاثِلَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُظْهِرِ الشَّمَاتَةَ لِأَخِيكَ فَيَرْحَمَهُ اللهُ وَيَبْتَلِيَكَ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Vosila roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birodaringga kelgan balodan xursandligingni zohir qilma. Tag‘in Alloh unga rahm qilib, seni baloga giriftor qilib qo‘ymasin», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Banda hech qachon bir kishining boshiga tushgan balodan xursand bo‘lmasligi, boshiga ish tushgan odamniga past nazar qilmasligi lozim. Chunki zamon aylanib, o‘rinlar almashib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lmoq kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 170 | Administrator