Kofirlar kimlardir?

Assalomu alaykum! Islom dinidan boshqa xamma dindagi insonlar kofirlar deyiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga kofir bo‘lganlarni kofir deyiladi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:   يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ آمِنُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي نَزَّلَ عَلَى رَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِيَ أَنزَلَ مِن قَبْلُ وَمَن يَكْفُرْ بِاللّهِ وَمَلاَئِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلاً بَعِيدًا۝ 136. Ey iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U O‘z Rasuliga nozil qilgan Kitobga va ilgari nozil qilgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, butunlay zalolatga ketibdi.
Shu ishni kim qilsa kofir bo‘ladi, hatto o‘zini musulmonman deb da’vo qilsa ham. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar