Alloh sizdan rozi bo‘lsin

Assalomu alaykum!Hazrat sizga bir savolim bor edi.Savolim: Ustoz siz Ramazon oyida shahrimizdagi masjidlarga borib u erdagi mo‘min musulmonlarnni o‘z ilmingiz bilan bahramand qilib kelasiz. Alloh qilayotgan ko‘plab ishlaringizga o‘zi ajrini ko‘paytirib bersin va sizdan rozi bo‘lsin. Sizday insonlar borligini ko‘rib biz muhlislaringiz ham juda hursan bo‘lamiz. Allohga shukurki sizdek ulug‘ zot bilan internet orqali bo‘lsa ham suhbatlashishib turibmiz. Sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim uzr agar noo‘rin bo‘lsa bizni kechirgaysiz. Har yil ramazon oyida siz bizning Yunusobod "Oq-tepa" Jom‘e masjidiga kelar edingiz. Bu yil ham ushbu masjidimizga tashrif buyurasizmi. Kelsangiz qaysi kunga kelasiz. Alloh Jannatda Payg‘ambarimiz (S.A.V) bilan birga sizdek aziz insonlar bilan birga bo‘lishlikni nasib qilsin. Ramazon oyi muborak bo‘lsin.Bu oyda qilgan barcha amallarimiz, tutgan ro‘zalarimizni kamchiliklarini Alloh kechirib o‘z dargohida qabul etsin.Vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr so‘rayman.Alloh sizdan va bizdan rozi bo‘lsin deb muhlisingiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu yil menga faqat o‘n ettita masjidga borishga ruxsat berildi. Qolganlariga ruxsat berilmadi. Jumladan, sizlarning masjidlaringizga borishga ham ruxsat berishmadi.

27 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar