Orta qolgan yolg‘on

Assalomu alaykum. Hazrat, bir xonani tamirlayotgan edik. Sheriklarim eliktirmantaj simlarini o‘rnatayotganda ustidagi mahsus shlankani kesib olib tashlashdi. Aslida beton devorni o‘yib shuvoq tagiga shlang bilan joylagani erinishdi. Keyin posrednik boshlig‘imiz kelib bu hato ekanini, uy egasi bilan shlang qo‘yilsin deb kelishilganini aytdi. Xulas boshlig‘imiz ham avvalgi shlanglari olib tashlangan simlarni uy egasiga bildirmay shuvoq ostida qoldirishga rozi bo‘ldi. Lekin qolganlari o‘z o‘rnida qilinsin deb qattiq tayinladi. Endi men uy egasiga avvalgi ishni aytib qo‘ymoqchiman. Lekin posirednik bilan uy egalarini orasiga sovuqchilik tushadi deb qo‘rqayapman. Nima qilay.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uy egasiga aytsangiz yaxshi bo‘ladi.

5 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar