Imomning namozi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Imom jamoat bilan namoz o‘qiyotgan paytida jaxriy namoz bo‘lsa, masalan shom namozi o‘qilyotgan payti ikkinchi rakatga turganda ovoz chiqarib qiroat qilish yoddan ko‘tarilib maxfiy o‘qib yuborilsa va yodiga tushib qiroatni kelgan joyidan ovoz chiqarib o‘qisa namozda nuqson sezilmaydimi yo sajdai saxv qilinadimi? Bu holat bizda uchrab qoldi va shunday yo‘l tutdik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar uch oyat maxfiy o‘qib qo‘ysa oxirida sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Undan kam bo‘lsa vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar