Hazratim yordam bering

Assalomu-Alekum USTOZ. Menga maslaxat bering ikki ut orasida koldim. Katta gunox kildim, xar kuni namozlarimda Olloxdan kechirishini surayapman. Ota-Onamni gapi bilan ular topgan kizga uylandim xozir u bilan ajrashkanman, undan 2 farzandim bor, bizni oilaga kuna olmadi, Onamni ONA deya olmadi, ukam bilan gaplashmadi, karindosh uruglarimga yaxshi muomala kilmadi. Dadamga xam muomalasi yokmadi, sabr kilib yashadim, birinchi yaxshi gapirdim kegin tushuntirdim oxiri sukdim lekin kul kutarmadim. Menga xam etibor bermasdi. Ota-Onam bu ayol bilan turmushing bulmaydi deb aytishdi, bu orada bir kiz bilan tanishdim. Ota-Onam boshida karshilik kilishdi lekin ularga tushintirdim, sung u kizni Onasi unamadi. Onamni roziligi bilan u kizni uyga olib kelib nikox ukitdik, kiz uzi xam rozi edi, sung u kizni onasi kelib kizini olib ketdi va meni ustimdan kizi ikkisi melitsiyalarga ariza yozib kuydi. U erdan chikdim arizasini kaytarib oldi. Kegin kiziga talogini berishimni suradi, men bermadim chunki talokni zurlab surashmaydiku tugrimi Xazratim. Oradan 10 kun utib onasi meni chakirdi bordim uyiga, borsam uyida janjal bulibdi, kizi meni tanlabdi. Onasi kizidan kechdi kuzimni oldida. U kizni olib uyimga bordim. Onam boshida xursand edi chunki Ota-Onamni xurmat kilib xizmatini kildi. Bir kuni Onasi tel kildi va onasi bilan yarashib oldi. Oradan 15 kun utdi va biz tarafda urush boshlandi (Kirgizistonni Jalalobodida) bizni uyimizni yokib yuborishdi. Biz Andijonga ketdik Opalarni uyiga. U erda Onamga ayolim yokmay koldi, 2,5 oycha ularnikida yashadik, Shunda onam bizni Rossiyaga junatishini aytib koldi, meni ayolimni va ukamni, bir kuni Onam suz ochib koldi "Agar ayoling xomilasi bulsa oldirib tashla" dedi. Men ayolimga tushintirdim boshiga unamadi chunki uni birinchi farzandi edi, eplab kundirdim chunki Onamni gapi menga konun. Ketishimizdan 2 kun oldin Doktorga bordik, doktor buni olishga kamida 1 xafta ketadi dedi. biz ketishimiz kerak edi. Ayolim bilan maslaxat kilib Rossiyada oldiradigon buldik, va ONAMNI meni gapim bilan ALDADIK. Moskvaga keldik va Doktor surishtirdik, bu orada onam telefon kilib kelin bilan ajrash dedi men u bilan ajrasha ololmasdim chunki u menga mexr-muxabbat berdi xamma narsaga chidadi. Onam xar doim telefonda gaplashkanimizda ajrash deyaverdi. Oradan 3 oy utdi xomilasi 6 oylik buldi. Onamni nazaridan kolmay eshitsa meni kechirmaydi, men Onamni yaxshi bilaman, bunday yolgonni kutara olmaydi kargishidan kurkdim, va doktor topdik u esa bu xizmat 20 000 rubl buladi dedi, dadamdan mashina olaman deb 20 000 rubl olgan edim, shunga berdim. Xomilasi usha erda tushdi. biz uni olib kabristonga olib borib kumamiz dedik. va ketdik. Metroda bizni melitsionerlar tuxtatib xujjatlarimizni tekshirdi, kulimizdagi nimaligini surashib ochib kurishdi, va bizni otdeleniyaga olib borishdi, bizning ustimizdan ish ochishdi bu orada kaynonamni xam olib kelib bizga kushishdi uchchalamizni kamap kuyishdi, bechora kaynonam xech narsadan xabari yuk 2 kun utirib chikdi, bizga esa 12 kundan berishdi, ayolimga ichim ogridi meni aybim bilan u xam utirib chikdi lekin menga bir ogiz sen kilding demadi. xam bolasidan ayrildi kamiga utirib chikdi, u erdan chikib u onasinikiga ketdi men esa boshka kvartiraga ketdim. Ota-Onam xammasini eshitdi, Onam esa u bilan ajrashasan deyabdi, men nima kilay uni tashlab ketsam kanaka buladi bolasidan ayrildi, kamalib chikdi endi uni tashlab ketsam nima buladi Olloxni kaxri kelmaydimi, nomardni ishi bulmaydimi vijdonim kiynalib ketyabdi iltimos menga maslaxat bering Pirm nima kilay yordam bering ILTIMOS
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muoviya ibn Rayyondan rivoyat qilinadi:«U bir kishining, Atodan bir odamning onasi va xotini bor. Ona xotinini taloq qilishidan boshqaga rozi bo‘lmasligi haqida so‘raganini eshitdi. Shunda u:«Onasi haqida Allohga taqvo qilsin va unga silai rahm qilavesin», dedi. «Xotinini qo‘yib yuboradimi?» dedi. «Yo‘q», dedi Ato. Shunda haligi odam: «Onasi shundan boshqaga rozi bo‘lmayapdi», dedi.«Uni Alloh rozi qilmasin! Xotini qo‘lida. Taloq qilsa ham tanglik yo‘q. Tutib qolsa ham tanglik yo‘q», dedi».Sharh: Demak, bu erdagi gaplar ham ushbu bobning mazmunidan kelib chiqadi. Ota-ona Allohning g‘azabini keltiradigan narsani buyursa qilmaslik kerak bo‘ladi. Taloq xuddi shunday narsa. Agar taloq tushsa Rahmonning Arshi larzaga keladi, deyiladi. Shuning uchun, bu rivoyat ona bolasiga xotinini taloq qilishni qattiq talab qilsa ham ruxsat yo‘qligining dalili sifatida keltirilibdi. Allohning amriga, dinning ta’limotiga qaralsa ota-onaning haqi juda ulug‘. Bu haqiqatni har bir musulmon, kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi biladi. Shu bilan birga ota-onaning haqini qo‘ldan kelganicha ado qilishga harakat qiladi.Ammo dunyodagi barcha maxluqotlarga oid narsalarning chegarasi bo‘lgani kabi ota-ona haqining ham chegarasi bor. Allohning amriga zid bo‘lgan bandaning xohishi rad qilinadi. Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan narsada maxluqqa itoat qilinmaydi.Islom ta’limotida iloji boricha oilani mustahkamlashga amr qilingan. Boshqa birovning, agar o‘sha birov ota-ona bo‘lsa ham, xohishiga binoan oilani buzishga ruxsat yo‘q. Bu haqiqatni barcha ulamolar o‘zlarining qadimgi va yangi kitoblarida ta’kidlaganlar.Muhammad ibn Muflih ibn Muhammad Maqdisiyning «Al-Odobush Shar’iyya» nomli kitobida bu ma’noda alohida fasl bor. Unda jumladan quyidagilar aytiladi:«Fasl: Xotinini taloq qilishda ota-onaga itoat qilish vojib bo‘lmaydi. Agar otasi unga xotinini taloq qilishni amr qilsa, ijobat qilmaydi. Buni ashoblarimizning ko‘pi zikr qilgan». Shayx Taqiyuddiyn onasi xotinini taloq qilishga amr qilgan kishi haqida «Uning uchun xotinini taloq qilish halol bo‘lmaydi. U onasiga yaxshilik qilaveradi. Xotinini taloq qilish onasiga yaxshilik qilishdan emas», degan.Hozirgi fiqhiy kitoblarda ham xuddi shu ma’nodagi hukmlar kelgan. Xuddi shu ma’noni qizini majburlab ajratib olishga urinadigan ota-onalar haqida ham aytiladi.Shariatning hukmi shu bo‘lganidan keyin ota-onalar insof qilishlari va o‘z farzandlarining oilasini buzishni o‘zlariga ep ko‘rmasliklari kerak.«Bir kishi imom Ahmaddan:«Otam xotinimni taloq qilishmga buyurmoqda?» deb so‘radi.«Uni taloq qilma!» dedi.«Umar roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga xotinini taloq qilishni amr qilgan emasmi?» dedi.«Otang Umar roziyallohu anhudek bo‘lganda sen ham qilasan», dedi.Ya’ni, otang Umarga o‘xshab haq va adolatni, havoyi nafsga egashmaslikni biladigan darajaga etmaguncha xotiningni taloq qilmay tur». (Mavsu’a Fiqhiyyaya. 80juz. 71-72 bet).

29 Aprel 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar