Oyog‘imdagi gipsni echilganda

Assalomu alaykum! Men yaqinda oyog‘imdan gipsni echgandim, namozimni o‘tirib o‘qiyotganimda sajdada peshonamni tekkizolmayapman. Agar tekkizish lozim bo‘lsa masjidga chiqqanda yo boshqa joyda bo‘lganimda o‘zim bilan oldimga qo‘yish uchun doim yostiq ko‘tarib yurishim kerak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishora qilib o‘qigan odam biror narsaga sajda qilmaydi. Sajdani ham ishora bilan qilaveradi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar