Ushr haqida savolim

Assalomu alaykum! Aziz sayt xodimlari, Hazrat rahimahullohning Zakot haqidagi kitoblaridan savolimga javob topa olmadim. Shuning uchun savol berishga majburman. Biz issiqxonada dexqonchilik bilan shug‘ullanamiz va yiliga ikki martta xosil etishtiramiz. Hosil birdaniga pishmaydi, 1-1,5oy ichida pishganini terib sotamiz. Bu vaqt ichida narxi ham o‘zgarib turadi. Mana hozir ham haftada bir ikki martta pishishiga qarab terib boryapmiz. Shu kungacha qancha kg terdik va necha puldan sotganimizni yozib boryapman. Ushrini qanday hisoblaymiz? Bundan tashqari hosilni yigirmadan biri berilsa, bu mahsulotni saqlab bo‘lmaydi, birovga bersak uvol bo‘lib qomasmikin? Pulini bersak foydalanishi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylaymiz, lekin qay tartibda hisoblash kerakligiga tushunolmayapmiz. Iltimos  savolimga javob bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umumiy qiymati qancha bo‘lsa o‘shaning yigirmadan birini ajratasiz. Masalan pishganidan boshlab bir yarim oy ichida hammasi bo‘lib necha pulga sotilgan bo‘lsa, o‘shaning yigirmadan birini berasiz. Alloh ishlaringizga baraka bersin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar