Tilovat savobini bag‘ishlash
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Qur’on tilovat qilib o‘tganlarga bag‘shida etganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bag‘shida qilganlari hadislarda kelmagan. Hadislarda otasining nomidan haj qilish so‘ralganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joiz deganlar. O‘zgalar tomonidan qurbonlik qilishni ham o‘zlari ko‘rsatib berganlar. Sadaqai joriyyalar qilib o‘zi istagan kishilar nomidan sadaqalar qilishga ruxsat berganlar. Shu va bu kabi juda ko‘p rivoyatlarga asoslanib ulamolarimiz oyat va hadislarni hammasini o‘rtaga jamlab, umumiy bir qoida chiqarganlar. U qoida: inson savobli amallarni bajarib, Allohdan qabul qilishini so‘rab, savobini o‘tganlarga bag‘ishlash mumkin deganlar. Qur’on tilovat qilish ham savobli amallardan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar