Muslmonlar tarixi

Assalomu alaykum! Andalusiya tarixini o‘qib musulmonligimdan faxrlanib ketdim. Umuman biz o‘z islom tariximizni o‘qishimiz kerak ekan degan qarorga keldim. Salkam 8 asr islom diniga xizmat qilgan Andalusiya nima sababdan hozrigi holatga kelgan? Ularni ayanchli qatl qilinishi, nasarolar kechasi kirib kim g‘usl qilgan bo‘lsa sochni ushlab ko‘rib ularni qatl qilishi, xatna bo‘lgan bolalarni ham? Savolim shuki Alloh mo‘minlarni ustiga kofirlarga yo‘l ochib bermaydi, demak avval musulmonlar islomda sust holga kelganlarmi? Ya’ni shariyatga amal qilish kamaygandan keyin nasorolar shu darajaga kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz farzandlarimizni diyonatli mutaxassis qilib etishtirsak, siz aytgan natijalarga etamiz. U vaqtda ham olimlarning ustidan tuxmat qilib, yurtni tashlab chiqib ketishga tashviqot va targ‘ibotlar qiladigan vatan xoinlari bo‘lgan. Olimlar chiqib ketishgach, insonlar rahnamosiz qolishib, johillarni orqasidan ergashishgan. O‘zlari ham adashishgan, o‘zgalarni ham adashtirishgan. Olimlari ham kofirlar yurtiga hijrat qilishgan bo‘lsa, bir ikki sulola dinini ushlab uchinchi suloladan dinsizlik yoki borgan joylaridagi xalqning diniga o‘tib ketishgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 171 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar