ota uchun duo
Assalomu alaykum! Bugun otamdan ayrildim. O‘zim chet eldaman, men uchun bu juda og‘ir judolik. Otam uchun qaysi duolarni o‘qisam ular uchun eng katta azoblaru gunohlar kechirilib, qabr azoblaridan holi bo‘lishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’on karimda ota-onaning haqqiga duo qilishni ta’lim berib quyidagicha marhamat qilgan: وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا 24. Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», – deb ayt.
Farzand ota-onaning huzurida o‘zini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, duo qilib turishi lozim.
Ota-onani hurmatlash, e’zozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasi Islomga teng ham, yaqin ham kela olmaydi. Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi to‘g‘risidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli ko‘rilmagan oliymaqom narsalar ekani ma’lum va mashhurdir. Xususan, bu oyat va hadislarni, ilohiy ko‘rsatmalar va islomiy hikmatlarni hayotga tatbiq qilgan musulmonlarning ota-onalariga ko‘rsatgan yuksak ehtiromlari va fidoyiliklariga tarix shohiddir.
Hofiz Abu Bakr Bazzor Burayda roziyallohu anhudan, u kishi o‘z otalaridan qilgan rivoyatda quyidagilar keltiriladi:
«Bir odam ziyoratda onasini ko‘tarib yurib, tavof qildirayotgan ekan. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan:
– Onamning haqqini ado qildimmi? – deb so‘rabdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
– Yo‘q, bir oh tortishining haqqini ham ado qilganing yo‘q, – degan ekanlar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan. Isro surasi). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 155 | Duolar