Bolalarini siyip quygan joyida yurish

Assalomu alaykum! 8 oylik uglim bor. bazida yerga yani gilam ga dumalap oynap yotsin dip yotqazip quyaman. Bir hillarida pampers bilan bir hillarida pamperssiz quyaman . Pamperssiz quyganimda gilamga siyip quyadi, bazida . Darhol 3 martta artaman. Yana 1 yoshar qzimiza ham bor u yuradi. Bazida yurip qayergadir siyip quyganini bilolmay artmay qoldrip ketaman. Uyimzada hamma namoz uqiydi. Agar namoz uqiydigan odam Usha siyilgan joyni bilmay bosip utip ketsa tahorati buzilmaydimi? Agar tahorati bizilsayu lekin u siyilgan joyni boskanini bilmay namozini uqiyversa gunohi kimga bo‘ladi ? Man uzim gunohga botmaymanmi? Kuchalaga chiqqanda ham yerlaga siyip quyadi uni umuman tozalamayman,,.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siydik joyi qurigach, o‘sha joyni tahoratdan keyin ho‘l oyoq bilan bosilsa, tahoratga hech qanday zarari yo‘q. U erga joynamoz solib namoz o‘qish ham joiz. Joynamoz solmay unday gilam ustida namoz o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:27 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar