zakot bergenda pul berish shartmi?

assalamu alaykum xazrat.zakot beryotib zakot pulini o‘rniga usha zakot oluvchiga kerakli narsa olib bersa bo‘ladimi?bu onamni iltimosiga binoan berilayotgan savol.ya’ni men ko‘pdar beri zakotimni opalarimga beraman.opalarimni farzandlari voyaga etib to‘y qilish arafasida.shuning uchun onam ularga sepiga ketadigan narsa olib bermoqchi.opalarimga zakot pulini bersa boshqa narsaga ishlatib qo‘yib onamga kelib eg‘lashadi.javobingiz uchun oldindan raxmat.Allox jj sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zakotni oldin ularning qo‘liga berib, so‘ngra qaytarib olib, keyin siz aytgan ishni qilsa bo‘ladi.

5 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar