Onam Qur’on o‘qishimga qarshi

Assalomu alaykum! Toshkentda Men Axborot xafsizligida o‘qiyman. Men Qur’on o‘qishga rosa qiziqqandim. Toshkentdan Qur’on kursi topgandim. Onamdan sorasam onam yo‘q bormisan diyabdi. Seni yonalishinga umuman bomidi hozir sen faqat o‘qishini o‘qi senga hozir o‘qish muhim deb ko‘nmadila. Agar qori bo‘laman deganinda seni u o‘qishga topshirtirmasdim dedi. O‘zim o‘qiy desam baribir ustozsiz uddalay olmiman. Lekin onamni gapidan hafa bo‘ldim. Menga maslaxat berin nima qilay? Onam menga bu gaplari bilan gunohkor bo‘lib qoldimi? 2. Masjid eshigida mushk anbar surkab turadiganlar bor. Bir domla maruzada odamlar o‘shalardan surkatib masjidga kirib ketayotganlarni gadoyga o‘xshatibdi. Mushkni pulinga omasdan tekinidan foydalanasanlar debdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Onangiz Qur’on o‘qishingizga qarshi bo‘lishi durust emas, gunohkor bo‘ladi. Siz u kishiga aytmay o‘qiyvering.2). Bu masalada ikki ehtimol bor. Birinchisi biror kishi atirni sotib olmaslik uchun borib surtib qo‘yishini so‘rasa, o‘sha domla aytgan gapga to‘g‘ri keladi. Ikkinchisi hozir odatda atirfurushlar eshik oldida o‘zlari surtib turishadi. Bunda surtirib olsa bo‘ladi, hatto surtirish sunnat hisoblanadi. Chunki Rasululloh sollalohu alayhi vasallam  xushbo‘yni hech rad qilmaganlari hadislarda aytiladi:عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ كَانَ لاَ يَرُدُّ الطِّيبَ وَزَعَمَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ لاَ يَرُدُّ الطِّيبَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: مَنْ عُرِضَ عَلَيْهِ طِيبٌ فَلاَ يَرُدَّهُ فَإِنَّهُ طَيِّبُ الرِّيحِ خَفِيفُ الْمَحْمَلِ. وَلِلتِّرْمِذِيِّ: ثَلاَثٌ لاَ تُرَدُّ الْوَسَائِدُ وَالطِّيبُ وَاللَّبَنُ. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi xushbo‘y narsani qaytarmas edi va Nabiy sollallohu alayhi vasallam xushbo‘y narsani qaytarmas edilar, degan da’voni qilar edi».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Boshqa bir rivoyatda:
«Kimga xushbo‘y narsa taqdim qilinsa, rad qilmasin, chunki uning hidi xushbo‘ydir va vazni engildir», deyilgan.
Termiziyning rivoyatida:
«Uch narsa qaytarilmas: bolishlar, xushbo‘y narsa va sut», deyilgan.
Sharh: Xushbo‘ylikning sof inson tabiati uchun mahbubligi matlub. Hamma joyda, hamma vaqtda xushbo‘ylik bo‘lishiga nima etsin. Islomda bu narsaga e’tibor berilishi qanchalik ekani ushbu rivoyatning o‘zidan ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlariga xushbo‘y narsa taqdim qilinganda hech ham qaytarmay qabul qilib olganlari va sahobai kiromlar  ham  ushbu  yaxshi  odatga  ergashganlari  hamda qolgan barcha musulmonlar ham bunga ergashmoqliklari lozimligi ta’kidlanmoqda.
Oxirgi rivoyatda xushbo‘y narsaga bolish va sut ham qo‘shilmoqda.
 Xuddi shu rivoyatlarda aytilgan narsalar musulmonlarning o‘zaro aloqalari madaniyatiga mustahkam o‘rnashgan narsalar bo‘lib qolgan. Mazkur narsalar hadya qilinsa, rad qilinmaydi. Mabodo, ba’zi kishilar unutibmi, bilmasdanmi rad qiladigan bo‘lsalar, sunnatda bu narsa rad qilinmasligi aytilgan, deb eslatma beriladi. Qarang, qandoq ham go‘zal. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar