Dinsiz qaynota

Assalomu alaykum! Qaynotam dinsiz odam uyimizga masjid yaqin har azon aytilganda so‘kishni boshlaydi uxlashga qo‘ymaydi shu darajadayam baland aytadimi bularni sudga berish kerak dedi. Odam o‘lgandan keyin chirib ketadi deydi, mullolikdan foyda yo‘q deydi, soqol mikrob deb aytadi vaho kazo. Shu dunyodagi eng qiyin ish men uchun unga salom berish. Lekin bir amallab salom beraman kecha salom bersam o‘zini eshitmaganlikka olib salomni edingmi deb menga baqirib ketdi. Bugun men unga yana salom berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qaynotangizga salom berish haqida so‘rashdan oldin u kishini dinga, ibodatga, taqvoga, go‘zal xulqqa chaqirish uchun jon kuydirishingiz to‘g‘riroq bo‘lar edi. Qaynotangiz dinsiz bo‘lsa ham, eringiz uchun otadir. Eringizning zimmasida otasiga yaxshilik qilish, hizmatini bajarish, hojatini chiqarish vazifasi bor. Bunday holatda qaynotangizni dinu diyonatli, ibodatli, taqvoli, solih, go‘zal xulqli va xushmuomala bo‘lishi uchun sababchi bo‘lib qolish u uchun qilinishi mumkin bo‘lgan eng katta yaxshilikdir.عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ ثُمَّ ادْعُهُمْ إِلَى الْإِسْلَامِ، وَأَخْبِرْهُمْ بِمَا يَجِبُ عَلَيْهِمْ مِنْ حَقِّ اللهِ فِيهِ، فَوَاللهِ لَأَنْ يَهْدِيَ اللهُ بِكَ رَجُلًا وَاحِدًا خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ يَكُونَ لَكَ حُمْرُ النَّعَمِSahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliy roziyallohu anhuga: “Keyin ularni Islomga chaqir, zimmalariga Allohning haqlaridan nimalar vojib bo‘lishini xabar qil. Allohga qasamki, sen tufayli bir kishining hidoyat topishi sen uchun qizil tuyalaring bo‘lishidan yaxshidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Qaynotangiz bilan sog‘ligingiz yaxshimi kabi gaplar bilan so‘rashish kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar