Iftolik haqida

Assalomu alaykum! Biz tarafda ro‘za payti iftorlik vaqti kirsa birinchi azon aytib duosini o‘qib, keyin og‘iz ochiladi. Bir tanishim “bunday qilish noto‘g‘ri shom namoziga azon aytilishi bilan darhol takbir aytib namozni o‘qish kerak” dedi. Azon aytib keyin og‘iz ochishimiz to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Do‘stingizni gapi ramazondan boshqa vaqtda to‘g‘ri. Sizni gapingiz ramazonda to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 133 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar