Mo‘min do‘st shafoati
Assalomu alaykum! Internetda bir hadis o‘qidim quyida uni keltirdim, do‘zaxiylarni shafoat qilish faqat payg‘ambarimizga s.a.v ruhsat berilmaganmi?? Juda ta’sirli hadis ekan Hasan Basriy rohimahullohdan "Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir" (“Shuaro” surasi, 100-101) oyatlari haqida so‘ralganda, shunday dedilar: "Bu qiyomat kuni bo‘ladi. Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirib bo‘lgandan keyin, jannat ahlidan bo‘lgan biri kishi: – Ey Robbim, falonchi hamrohim qaerda, falonchi do‘stim qaerda? Uni jannatda ko‘rmayapman-ku! – deydi. Shunda unga: – U do‘zaxda, – deyiladi. Shunda haligi kishi: – Ey Robbim, yo Parvardigoro! Uning yonimda emasligi sabab jannat menga tatimayapti, – deydi. Shunda Alloh taolo uning do‘stini do‘zaxdan chiqarilishiga buyruq beradi. U do‘zaxdan chiqib, jannatga kirarkan, do‘zax ahli: – Uni kim shafoat qildi, uni kim chiqardi?! Yoki solih amali bormidi?! – deydilar. – Yo‘q, uni solih bir do‘sti shafoat qildi, – deyiladi". Hasan Basriy yana aytardilar: "Mo‘min do‘stlarni ko‘paytiringlar, qiyomatda ular shafoat qiladilar!" Ibn Aljavziy rohimahulloh: "Agar jannatda meni orangizda topmasangiz, "Ey Robbimiz, falonchi bandang dunyoda bizga seni eslatardi, denglar", deb yig‘lardilar...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha shunday bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha shunday bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar