Ota bilan munosabat
Assalomu alaykum wr wb Shayx hazratlari. Alloh ilmingizni va martabangizni ikki dunyoda ham ulug‘ qilsin. Sizga quyidagicha savolimiz bor edi. Biz oilada ikki o‘gilmiz. Ota va onamiz birga yashaymadilar. Otamizning onamdan so‘ng yana ikki xotini bor. Oilaga ma‘suliyatli bo‘lmagani uchun ajrashishgan. Otam bizdan moddiy harajatlar so‘rab turadi, va biz berishga harakat qilamiz. Lekin pulni haromga(aroq va sigaret) sarflashligini bilamiz. Ko‘pincha yana ochiqdan ochiq aytib sigaretimga ham pul qolmadi deb oladi. Onam esa otang xotinlarini o‘zi boqsin pul bermanglar hali o‘zlaring ham uylanishlaring kerak deb hafa bo‘ladi. Ustoz bizga maslahat bering nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi oxiratimiz uchun. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin hamda ilmizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harom narsalarga pul bermanglar. Halol narsani o‘zlaring olib beringlar.
5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harom narsalarga pul bermanglar. Halol narsani o‘zlaring olib beringlar.
5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom