Pensiya

Assalomu alaykum ustozlar! Men hozirda 22 yoshdaman (yil hisobida) taxminan 12 yillar oldin dadam qurilishda ishlar edilar va ish joylarida yiqilib umurtqalari sinib ketdi. Yura olmay qolgan edilar. Bizga esa boshqa joydan keladigan pul yoki yordam bera oladigan odam yo‘q edi. Shuning uchun oyimga bitta qarindoshimiz o‘zining fermerligidanmi yoki tanishlarining fermerligidanmi staj to‘g‘rilab berdi. Nogironlik pensiya(o‘sha vaqtda adashmasam 21000 so‘m)larini oladigan bo‘ldilar. Viloyatdagi qarindoshlarimning uylariga borib o‘qidik. Toshkentga bobom (dadamning tog‘alari) uylarini yashab turish uchun berganlaridan keyin (7-sinfligimda, akam 9-sinf edilar) qaytib keldik. Yuqori sinflarga o‘tganimizda akam bilan o‘qib ishlaydigan bo‘ldik. Akamning o‘qish pullarini yana boshqa katta to‘lovlarni bobom qilib berardilar. Hozir akam Koreaga o‘qishga ketganlar, birga biznes boshlaganmiz. Daromadi juda ham zo‘r(karantinda to‘xtagan). Hozirgi oladigan pensiyalari 700-800 ming so‘m atrofida. Shu oladigan pensiyalari biz uchun halol bo‘lganmi va hozir halol bo‘lyaptimi? Agar xalol bo‘lmasa ham men gapirganim bilan gapimga quloq solishmaydi. Nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz bilganimiz nohaqdan pensiya olingan ekan. Olishi joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar