Sahoba-havoriy haqida
Assalomu alaykum! Ibn Abbos bunday deydilar: «Zubayr ibn al-Avvom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning havoriylari (yordamchilari)durlar. (Iso alayhissalomning sahobalari) kiyimlari oq bo‘lgani uchun «havoriylar» deb atalganlar», — deydilar». («Havoriy» — matoni oq rangga buyovchi yoki oq kiyim kiygan kishidur). Shu xadisni tushuntirib bersangizlar. Iso alayhissalomning saxobalari deganda nima nazarda tutilgan ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iyso alayhissalomga havoriy bo‘lgan kishilar u kishiga eng yaqin bo‘lgan yordamchilar hisoblanadilar. Ko‘p insonlar ichidan havoriylar ya’ni matoni oqqa bo‘yovchi kasb egalari “Biz yordamchilaringizmiz” deganlar. Shundan yordamchilar havoriylar deb tanilib qolgan. Hatto bu bo‘yoqchilik kasb egasidan yordamchi insonlar laqabiga aylanib qolgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham hadislarida o‘sha laqabdan foydalanganlar. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar