Yordamga borishim kerakmi?

Assalomu alaykum! Man tibbiyot kolledji bitiruvchisiman(medbrat). Savolim shundan iboratki: Xozirgi kunda virus bilan kurashayotgan shifokorlarga yordamchi kerak bo‘lsayu, man yordamchi kerakligini bilib turib u erga bormasam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi? U erga borgan men kabi yordamchilar 1oy davomida uyga qaytmas ekanlar va kasallikni yuqtirib olishlari extimoli yuqori ekan. Tabiyki farz amallarni u erda to‘liq bajarib bo‘lmaydi. O‘zim Alloh roziligi uchun yordamga borgim kevotti lekin namoz va ro‘zalarni qoldirsam bu vaziyatda uni xukmi qanday bo‘ladi? Qanday yo‘l tutishim kerak? Uyda qolib duoda bulib turaveraymi yoki Allohga tavakkal qilib yordamga boraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkoningiz bo‘lsa yordam ham bering, farzlarni ham qoldirmang. Inson astoydil bo‘lsa Alloh chiqish yo‘lini ko‘rsatib qo‘yadi.  Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar