Gunoh yozilmaydimi???

Assalomu Alaykum Shayx Hazratlarti! Bizga ma‘lumki dunyoda turli hil odamzod yashaydi, kimdir Allohga ishonsa yana kimdir uni yo‘q deb aytadi! (Albatta Alloh yagona, u bor, va barcha nuqsonlardan pokdir) Savolim shundan iboratki aytingchi Biz Allohga shirk keltiradigan insonlarni, hijobga dog‘ tushirayotgan ayollarni, dinimizni tobtayotgan kimsalarni La‘natlashga haqlimizmi??? Agar biz ularni la‘natlayversak bizga Gunoh yozilmaydimi???Shayx hazratlari fursatdan foydalanib shuni aytib o‘tmoqchimanki, biz odnoklassniki saytida bir islomiy guruh ochganmiz va sizning saytingizdagi Ma‘lumotlardan ham foydalanamiz.... Agar qarshi bo‘lmasangiz albatta... Siz biz uchun chindan ham qadrlisiz shuning uchun sizni tinmay duo qilamiz va Allohdan shuni Umid qilamizki Sizga Jannatdan joy ato qilsin iloyim... Bizning baxtimizga bu dunyoda sog‘ va omon bo‘lin, u dunyoda faqat rohat siz bilan hamroh bo‘lsin OMIN...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. La’natlash – Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishni tilashdir. Shuning uchun, ularga insof va iymon, hidoyat tilagan afzal.

4 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar