Miyani tozalash

Shayx hazratlari, bir muddat avval sizdan ruhiy holatim to‘g‘risida savol so‘ragan edim. Shunda menga maslahat bera turib, "miyangizdan har hil bo‘lmag‘ur o‘y-xayollarni chiqarib tashlang" degan edingiz. O‘gitlaringizga inshaalloh qo‘ldan kelgancha amal qilmoqdaman, "hadis va hayot", "sunniy aqiydalar" va boshqa kitoblaringiz hamda mazkur saytdagi tavsiyalaringizga amal qilishga harakat qilmoqdaman. Ahvolim, alhamdulillah, ancha yaxshilandi. Shunday bo‘lsa-da, deyarli har kuni, ayniqsa kechga yaqin yuragimni g‘ashlik, siqilish qamrab olib, xayolimni bo‘lmag‘ur xayollar chulg‘ab olmoqda. Ustoz, miyamdagi bu xayollarni haydash, yuragim g‘ashligini tarqatish uchun biror psixologga uchrab, muolaja qilsam iymonimga, aqiydamga zarar etib qolmaydimi? Dinimiz qay holatlarda bunga ruxsat beradi yoki bu borada maxsus diniy adabiyotlar mavjudmi? Maslahatingizga muhtojman, Shayx hazratlari! Agar malol kelmasa, meni 3 oydan ortiq bezovta qilib kelayotgan ushbu holatdan qutulishimni so‘rab, Alloh haq subhanahu va taologa haqimga duo ham qilib qo‘ysangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Alloh taolo sizga shifo bersin! Tezda yaxshi holat nasib bo‘lsin!

28 Aprel 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar