Virtual kiyimlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozirgi ba’zi kompyuter o‘yinlar ichida virtual kiyimlar bor. Virtual kiyimlar, virtual narsalarga kiyiladi, masalan virtual odam, virtual xayvon yoki virtual qurollarga. Ularni birinchi o‘yinlarni dasturchisi sotadi, yoki ko‘pincha dasturchi quti qiladi. Quti ichiga bir necha virtual kiyimlar kiradi. Quti sotib olish kerak va sotib olgandan keyin u qutidan bir necha kiyimlardan bittasi tushadi. Va keyin o‘yinchilar qo‘liga o‘tadi. Shuni qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Foydali ish bilan shug‘ullaning. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ : لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar