Umid qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Pok muslimalar pok muslimlar uchun, pok muslimlar pok muslimalar uchun. Ilgari ko‘p gunohlar qilib tavba qilgan har kuni qilgan har bitta duosida Allohdan mag‘firat so‘rab pok iymon-insofli yor so‘ragan kishi pok muslimadan umid qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta umid qilinadi. Gunohdan ham yomonroq bir gunoh bor. Bu noumidlik gunohi. Allohning “Tavbalarni qabul qilguvchi” degan sifatini qadrlamaslik gunohi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar