Qarzga pul berish masalasi

Assalomu alaykum! Mendan tez-tez do‘stlarim qarzga pul so‘rab kelishadi. Avvalari ularga berardim. Lekin so‘nggi paytlarda ular (hammasi emas, ba’zilari) qarzga olgan pulini qaytarmaydigan, men o‘zim so‘rab talab qilmasam qaytarib bermaydigan bo‘lib qolishgan. Eng qizig‘i shundaki, bir oz kam ta’minlangan birodarlarimga nisbatan, o‘ziga to‘q ta’minlangan do‘stlarim ham pul so‘rab, olgandan so‘ng o‘zini olib qochib yuradigan bo‘lib qolishgan. Shariatimizda qarz so‘rab kelgan odamga rad javob bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytarib bermasligi gumoni g‘olib bo‘lsa, bermaslik joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:19 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar