Ota-onamning menga bo‘lgan qarshiliklari
Butun olamlar robbisi bo‘lgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Ota-onam meni juda ham qattiq siquvga olishgan. Namoz o‘qishimga, ro‘za tutishimga, juma namoziga borishligimga, hammasiga cheklov qo‘yishdi. Men hech qanday noto‘g‘ri yo‘lga yurganim yo‘qku. Yana bir marta namozga kirsang yoki jumaga borsang o‘zimiz seni "vahhobiy"" deb qamatamiz, televideniyadagi ko‘rsatuvlarni ko‘rib, ularda namozxonlarga qarshi qalblarida g‘azab uyg‘ongan. Ota-onangni norozi qilsang jahannamga kirasan deyishadi. Menga nima maslahat berasiz? Allohga itoat qilaymi yo ota-onamgami? Ularga gapirishni ham foydasi yo‘q. Uydan chiqib ketsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamanmi? Bunday savol berganim uchun uzr. Majbur bo‘lganimdan berayapman. Javob uchun oldindan katta rahmat Allohning O‘zi hamma xayrli amallarimizga ajr-savobini bersin. AMIYN
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday ota-onaning gapi noto‘g‘ri. Alloh taologa qarshi bo‘lgan ota-onaning gapi o‘tmaydi.
26 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday ota-onaning gapi noto‘g‘ri. Alloh taologa qarshi bo‘lgan ota-onaning gapi o‘tmaydi.
26 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush