Turmush o‘rtog‘imning namozi

Assalomu alaykum! Men turmush o‘rtog‘im bilan harid qilib uyga qaytmoqchi edik, juma namozi o‘qiladigan vaqt bo‘lib qolibdi. Turmush o‘rtogim uyga borib masjidga chiqqunlarigacha juma namoziga kechga qolishlari mumkin edi. Yo‘limizga yaqin joyda masjid bo‘lganligi uchun ularga kirib chiqishlarini o‘zim esa ularni kutib turishimni va peshin namozimni uyga borib o‘qishligimni aytdim. Lekin ularni ancha kutib qoldim peshin namozi chiqib ketishiga oz vaqt qolgandi uyga borishni esa iloji yo‘q edi qo‘limda farzandimiz va ogirgina yuk bor edi. Namozim esa qazo boldi. Men peshin namoziga hali ulguraman degan niyatda turmush o‘rtog‘imga juma namoz farzligi uchun ularni namozga kirgazib yuborib noto‘g‘ri ish tutdimmi? Ular ado ettilar men esa qazo qildim. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan yashiroq edi? Yoki ikkovimiz ham qazo qilmaslik uchun uyga borib o‘qiganimiz yaxshiroqmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda mashinani eshigini qulflab, masjid yonidagi biror xonadonga kirib namoz o‘qib olishingizni aytishni o‘zi kifoya edi. Muslima ayol namoz uchun uyalishi shaytonni xiyla va makridan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar