Allox xakida

Assalomu alaykum muxtaram Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf xazratlari!Avvalo, Sizni va sayt xodimlarini yakinlashib kelayotgan Kurbon xayiti bilan muborakbod etaman. Soniyan, kamina xizmat kilayotgan gazetaning islom saxifasiga kelayotgan savollarning ba’zilariga maxalliy domlalarimiz ojizlik kilmokdalar. Bu kabi savollardan biri bu Alloxning makoni bormi yoki yukmi, degan savol. Shunga javob bersangiz.Oldindan minnatdorchilik bildirib, kamoli extirom ila Abdullo Said. Dushanbe shaxri.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Allohning makoni bor deyilsa, deydi ahli sunna va jamoa mazhabi ulamolari U zotni chegaralab qo‘yilgan bo‘ladi. Dunyodagi barcha narsalarni jumaladan makonni ham Alloh taolo yaratgan. Agar unga makon nisbati berilsa, o‘zi yaratagan narsaning ichiga kirgan bo‘ladi. Bu esa, Alloh taologa mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ba’zi toifalar Qur’oni Karim va hadislarda kelgan matnlarga sirtdan ma’no berib, Alloh Arshning ustida, osmonda, deydilar. Ammo bu gapni ahli sunna va jamoa mazhabi rad etadi.

29 Aprel 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar