Fidiya
Assalomu alaykum! 1. Mahallamizda bir rus odam bor. Uni uyi, hech kimi yo‘q. Mahallamizni choyxonasida uxlab, birovlarni ishini qilib yuradi. Onam saraton kasaliga uchraganlar. 2 kun ro‘za tutib qolganiga kuchlari etmayapti. Shu rus odamga fidya qilsalar bo‘ladimi? Onamga aytsam “u ichib maishat qilvoradi” deyaptilar. “Bir duo qiladiganga bersam yaxshiroqmikin” deyaptilar. 2. Ishxonamda bir eri yo‘q ayol bor. Uni 2 farzandi bor. 1 farzandi nogiron. Bolasini patsobiyasi bor. O‘zi ishlaydi, oylik oladi. Shunga fidya qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oralatib bo‘lsa ham ro‘zani tutadi. Bir kun bo‘lsa ham ro‘za tutishga qodir bo‘lgan odamga fidya berish joiz emas. Keyin qishning qisqa kunlarida qazolarini tutib beradi. Bunga ham qodir bo‘lmasalar, unda fidya beradi. Ishxonangizdagi kishi agar haqdor bo‘lsa, unga bering. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar