Abu Xanifaning gaplari Alloh osmonda kalimasiga munosabati

Assalomu alaykum! Menda aqiyda masalasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Iltimos javob bersangizlar. Aqiyda masalasida. Imom Abu Xanifaning gaplari Alloh osmonda kim uni bilmayman desa Allohni sifatlarini bilmayman degan bóladi kofir bo‘ladi shu manodagi gaplari bor ekan . Ahli sunna val jamo etiqodiga binoan bir kishiga javob tariqasida aytibsizlarki biz Allohni osmonda, arshda, samoda demaymiz . Alloh zamon va makonda emas shu manoda javob beribsizlar.Meni o‘ylantirayotgan narsa Abu Hanifaning gaplari bilan sizlardagi javobning farqi . 2 .Ba’zi bir din dushmanlarining gaplariga ham javob topa olmadim va ularning gaplari quyidagicha aytadiki sizlar nega fiqhda Abu Hanifani tan olib aqidada Motirudiyni tan olasizlar nega Abu Hanifa aqidada adashgan deysizlarmi deydi.Va aytadiki agar Agar Abu Hanifa aqidasini olsangiz Moturudiy aqiydasiga zid keladi agar Moturidiyni aqiydasini olsangiz Abu Hanifa aqidasiga zid keladi dedida yuqoridagi birinchi bergan savolimni berdi.Aslida Abu Hanifa bilan Motirudiyni aqiydalari bir xilmi yoki farq qiladimi.Menga Alloh qaerda degan savolga javob emas balkim Abu Hanifa Moturudiy ahli sunna val jamoaning shu savolga javobidagi farq o‘ylantiryapti.Iltimos ko‘nglim taskin topadigan darajada javob bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha siz keltirgan gapni yozgan odam Abu Hanifa rahmatullohi alayhga tuhmat qilgan. Chunki u erda Abu Hanifa rahmatullohi alayh Alloh bir makondaligini inkor qilib, o‘sha gapni aytganlar. Ya’ni “Kim makonda emasligida shak qilib o‘sha gapni aytsa kofir bo‘ladi” deganlar. Chunki u inson Allohni makondan pokligiga shubha qilgan bo‘ladi. U gapni yozgan odamlar xalqqa gap o‘yini qilishmoqda. Avvalida “hanafiymiz, falonchi mashhur zotning shogirdimiz” deyishdi. Odamlar qisman ularga ergashishni boshlashgan edi o‘zlarini “bemazhab”ligini va masalalarni o‘zlariga xush kelganlarini o‘zlariga rojih deb tanlab olayotganlarini izhor qilishdi. Endi esa Abu Hanifa rahmatullohi alayhning aqiydalarini buzib talqin qilishmoqda. Ular bu borada shialarni “taqiya” degan yo‘lini tutishmoqda. Alloh taoloni maxluqotlarga qiyos qilishmoqda. “Mana biz makondan holi emasmizmi, Alloh ham makondan holi emas” deb Allohni o‘zlariga qiyos qilishmoqda. Vaholanki biror bir maxluqot, hatto arsh ham eru-osmon ham yaratilmasdan oldinam Alloh taolo bor edi, hozir ham o‘shandek. Abu Hanifa rahmatullohi alayh Alloh Arshni ustida o‘tiradi, oyog‘ini kursiga qo‘yib olgan degan e’tiqoddan pok. Alloh osmonda deyayotganlar Alloh arshni ustida o‘tiradi, oyog‘ini kursiga qo‘yib olgan. Yonida ozgina joy qoldirgan qiyomat kuni payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni o‘sha erga o‘tqazadi deb e’tiqod qilishadi. Alloh boshqa maxluqlarga o‘xshamaydi. Vaholanki Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ۝ “U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir. U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir” deb marhamat qilgan. Albatta bu e’tiqodlari uchun butun ulamolarning nazdlarida dalil bo‘lmaydigan dalillarni keltirishadi. E’tiqodiy masalalarda ohod hadis kifoya qilmaydi. Ular Abu Hanifa rahmatullohi alayh va boshqa to‘rt mazhab e’tiqodlariga muvofiq bo‘lmagan e’tiqodni qilishadi. O‘zlarining e’tiqodida bo‘lmagan insonlarni esa kufr bo‘lgan zalolatda deb bilishadi. “Ad-Durarussaniyya filajvibatinnajviya” degan kitobida “Makka, Madinada Muhammad ibn Abdulvahhobgacha Misr, Shom va boshqa yurtlarda ham u kishidan avval o‘tgan barcha kishilar shirkda edilar. Ularning bu shirki kufr, ularni molini va qonini muboh qiluvchi kufrdalar va do‘zaxda abadiy qoldiruvchi kufrdalar” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 140 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar