Imtiyoz joizmi
Assalomu alaykum! 1). Suvsiz erdan joy olib bog‘ yartagan edik. O‘sha joydan quduq kovlatganmiz. Hozirda ushbu yo‘nalishda davlat imtiyozi berilmoqda, imtiyoz qilingan harajatning 60%ini qoplab berishdan iborat. Ammo buning uchun siz o‘z hisobingizdan quduq kovlagan firma hisobiga pul o‘tqazilganligini, u firma sizga quduq kovlab berganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishingiz kerak. Biz hujjat taqdim qilolmaymiz, chunki biz quduqni naqd pulga kovlatganmiz. Biz imtiyozdan foydalanish uchun (ketgan harajatni taxminan chiqarib, chunki aniq qancha harajat qilinganligini bilmaymiz) quduq kovlash bilan shug‘ullanadigan “A” firmaga pul o‘tqazib bersak(ular bizga quduq kovlandi deb hujjat qilib beradi va buni evaziga haq olishadi), “A” firma keyinchalik biz o‘tqazgan pulimizni o‘zimizni tanish “B” firmaga qaytarib beradi (o‘rtada biz soliq va shu kabi to‘lovlardan oz miqdorda pul yo‘qotamiz). Shu ishimiz joizmi? Yolg‘on, ribo, birovni haqqini eyish kabi harom amallar arashalib qolmaydi?. 2). Endilikda biz tomchilatib sug‘orish sistemasini o‘rnatmoqchimiz. Bunga ham huddi yuqoridagi kabi qilingan harajatning 60%ini qaytarib berishi imtiyozi mavjud. Biz o‘z firma schyotidan pul o‘tqazib, ushbu imtiyozdan foydalansak bo‘ladimi? O‘sha imtiyozdan foydalanish uchun bazi insonlarga sovga berish kerak bo‘lib qolsa yoki boshqa harajat qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, harajat qilishimiz joizmi? Bunda boshqalarning haqqini egan bo‘lib qolmaymizmi? Ya’ni tanishdan foydalanganlish yoki harajat qilish orqali boshqalarni imkoniyatini olib qo‘ygan bo‘lmaymizmi? Ushbu imtiyozdan foydalanish joizmi? Ishimizni halol, shubhadan holi holatda rivojlantirmoqchi edik. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, maslahat berishlaringni iltimos qilamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yolg‘on gapirasizlar ekan. 2). Joiz emas. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yolg‘on gapirasizlar ekan. 2). Joiz emas. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom