Oilamni qanday saqlab qolay yoki ajrashaymi

Assalomu alaykum! Allax ilmingizni ziyoda kilsin, men 2016-yil turmushga chiqqanman, 2017-yil qiz farzandlik bo‘ldik, Alxamdulillax. Erim amerikada ishlaydi. Turmush qurganimizga xisobda 5 yil bo‘lgan bo‘lsa xam birga yashagan oylarni xisoblasak bir yil chiqsa kerak, men bu erda qaynona qaynotam, qaynisinglim va qayni ukam bilan yashayman, Erim noyabr oyida amerikadan keldilar, xozir xomiladorman. Endi qaytib ketishlari kerak bo‘lganda men ular uyoqda xam xotinlari borligini va u xam 6 oylik xomilador ekanini bilib qoldim. Uyimda tinchlik yo‘qoldi. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Xomilador xolimga ancha siqilib suv xam icholmayapman. Erim ikkalang bilan xam yashayman deyapti. Men bir tarafni tanlang deyapman. Chunki men bu narsani qabul qiladigan darajada iymonim kuchli emas. Men xijobga kirganman shundan keyin sipo kiyinadigan lak xam surmaydigan, kosmetika xam ishlatmaydigan bo‘lganman. Erimga ochiq yurgan o‘ziga qaragan ayollar yoqarkan. U ayol shunday ayollardan. Men dinida bo‘lganim uchun bu kundosh bo‘lib yashashni tanlashga majburmanmi, tanlamasam gunoxkor bo‘lib qolamanmi? Axir men erimni vafo bilan ota onasiga xizmat qilib kutkan bo‘lsam. Endi erim yana ketadi va uzoq muddat u ayol bilan yashaydi. Bizni oldimizga yilda bir keladi. Erimni topishi yaxshi bo‘lgani uchun seni xamma narsa bilan taminlayman xo‘p degin deyapti. Pul va yaxshi uy joy baxt bermaydiku. Meni ibodatga berilganimdan foydalanib baribir qabul qiladi deb ishongan va ikki yildan beri u ayol bilan aloqada bo‘lgan. Islomda ayollarning qadri shunchalik pastmi? Erini farzandlarini deb umr o‘tkazib kamiga shunday narsalarga ko‘nmasa gunoxkor bo‘lib qoladimi? Iltimos shuni aytib bersangiz, ketsam menga gunox yozilmaydimi? Erim 7-fevralda u oilasi oldiga uchib ketadi men xam xomilador xolimda bu erda qolaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz eringizdan bir kun u bilan bir kun siz bilan tunni o‘tkazishga majburlashga shar’an haqqingiz bor. Bu talabingiz noto‘g‘ri talab emas. Biz shuni ayta olamiz xolos. Ko‘nish yoki ko‘nmaslik va boshqalari sizni o‘zingizda. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar