Nurul Yaqin kitobidan savol ! ! !

Savol: Nurul Yaqin kitobida o‘qib qoldim shu kitobning ‘‘Uhud‘‘ mavzusi davomida ‘‘Jubayr ibn Mutim Vaxshiy ismli quliga Hamzani o‘ldirib, amakim Tuayimning intiqomini olib bersang, ozod qilaman, deya va‘da berdi‘‘. deb yozilgan lekin biz hattoki ‘‘Risolat‘‘ filmida ham u Vaxishga Abu Sufyanni zavjasi Hind buyurganini o‘qiganmiz. Shu masalani sharxlab bersangiz.Alloh sizdan rozi bo‘lsin ! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Jubayr ibn Mat’imning quli Vahshiy hikoya qiladi:«Jubayr menga: «Muhammadning amakisi Hamzani o‘ldirsang, ozodsan», dedi. Odamlar bilan urushga chiqdim. Habashistonlik bo‘lganim uchun nayza otishni yaxshi bilar edim. Otgan nayzam nishonga kamdan-kam tegmay qolar edi. Urush boshlanib, odamlar jangga kirganda, Hamzani poylab yurib, axtarib topdim. Hamza pahlavon tuyadek odamlarni qilich bilan shilardi. Uning oldida hech narsa turish bera olmas edi. Men uni o‘ldirishga tayyorlanib, poylab, daraxt va toshlar ortiga berkinib, unga yaqinlasha bordim. Mendan oldin unga Sibo’ ibn Abdul Uzzo yaqinlashgan edi. Hamza uni ko‘rishi bilan urib, boshini uchirib yubordi. Men nayzamni siltab-silkitib, mo‘ljalni aniq olganimdan so‘ng unga qarab otdim. Nayza qornidan kirib, oyog‘ining orasidan chiqdi. Menga qarab intilgan edi, kuchi etmay yiqildi. Shu holda tashlab ketdim, asta joni chiqdi. So‘ngra kelib nayzamni chiqarib olib, askar joyiga qaytdim. Borib o‘tirdim. Menga boshqa ishning hojati yo‘q edi. Uni ozod bo‘lish uchun o‘ldirdim».Keyin Abu Sufyonning xotini Hind binti Utba kelib Hamzaning qornini yorib, jigarini olib, chaynadi, chaynab bo‘lmaganidan, tuflab tashladi.

2 May 2022, 19:16 | Savol-javoblar | 155 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar