Pensiya masalasi
Assalomu alaykum! Otam Alts geymer kasaliga chalinganlar, yaʼni hech narsani anglay olmaydilar. Biz oilada 4 qizmiz, o‘g‘il yo‘q. Otamning parvarishlari mening zimmamda. Otamning pensiyalari o‘zlarining kunlik dori darmonlari, tagliklari, kiyim kechaklaridan ortmaydi. Etmaganini erim va o‘g‘lim olib kelib berishadi. Pensiyalaridan hatto ro‘zg‘orga ham aralashtirmaymiz, faqat o‘zlariga harajat qilib beramiz. Lekin opam pensiyaga daʼvo qilib ancha janjal ko‘tarmoqdalar, pensiyani to‘liq opamga berishimizni, otamning barcha harajatlarini o‘zimiz qilishimizni talab qilmoqdalar. Bu o‘rinda nima qilishga boshim qotgan. Pensiya otamning haqlariku. Pensiyani opamga bermasam gunohkor bo‘lamanmi? Otamning o‘zlaridan ushbu masalada fikrlarini so‘ray olmayman chunki Otam muloqot qila olmaydilar, hech narsani anglay olmaydigan holatga kelib qolganlar. Pensiyani otamning roziliklarisiz opamga berib yuborishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dadangizni pensyasini opangiz olishiga mutlaqo haqqi yo‘q. Bermanglar, uni dadangizni o‘zlariga ishlatinglar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dadangizni pensyasini opangiz olishiga mutlaqo haqqi yo‘q. Bermanglar, uni dadangizni o‘zlariga ishlatinglar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar