Ibodatlarga majburlash darajasi

Assalomu alaykum! Musulmon er muslima yo‘lini farzi kifoya bo‘lgan ibodatlarga majburlashi haqida dinimizda qanday ma’lumotlar bor? Savol-javoblar orasidagi bunday hadislar o‘qidik: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Alloh kechasida turib namoz o‘qigan hamda ayolini uyg‘otgan, agar bosh tortsa yuziga suv sepib uyg‘otgan kishini rahm qilsin. Alloh kechasida turib namoz o‘qigan hamda erini uyg‘otgan, agar bosh tortsa yuziga suv sepib uyg‘tgan ayolni rahm qilsin” dedilar. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam bamdodning ikki rak’at sunnatini o‘qiganlaridan keyin men uyg‘oq bo‘lsam men bilan suhbatlashardilar. Uyg‘oq bo‘lmasam yonboshlar edilar". Muslim rivoyati. Shu hadislardan kanday xulosa qilsak to‘g‘ri bo‘ladi? Ibodatlarga majburlash darajasi qanday bulishi kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzoq yillik tajribamizga ko‘ra majburlashdan avval mehr berish kerak ekan. Siz aytgan amallarga majburlash yo‘q, targ‘ib qilish bor. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar