Shoz rivoyatlari
Assalomu alaykum! "Qur’on o‘zgartirilgan degan provoslav missionerning da’vosi" xakidagi savolda, “shoz” rivoyatlari degan tushunchaga duch keldim, iltimos, shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qur’on aslo o‘zgartirilgan emas. Mo‘min uchun Alloh O‘zim saqlayman degan oyati kifoya qiladi. Din dushmanlariga kelsak ular har bir narsani noto‘g‘ri talqin qilishadi. Bu borada ham shunday qilishgan. Sahobalar oyati karimalarni bir kitobga jamlayotganlarida u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lganligini bilsalarda kitobga kiritish uchun qattiq shartlarni qo‘yishgan. Hatto Abdulloh ibn Mas’uddek sahobalarning ba’zi o‘rinda o‘sha shartga tusholmay qolishlari u shartlar qanchalar qattiq ekanligini bildiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy bo‘lib tushgan, lekin o‘sha shartlar topilmagan qiroatlarni shozz deb nomlangan. Bu Qur’onni jamlashda zarracha ham shubha qoldirmaslik uchun qilingan tabdir edi. Quyida o‘sha voqe’likni “Ulumul Qur’on” kitobidan iqtibos qilamiz.
«Abu Bakr Umar bilan Zaydga: «Ikkovingiz masjid eshigining oldiga o‘tirib, kim Allohning Kitobidan biror narsani ikki guvoh ila keltirsa, yozinglar», dedi».
Ibn Abu Dovud Yahyo ibn Abdurrahmon ibn Hotibdan rivoyat qiladi: «Umar kelib: «Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Qur’ondan biror narsani talaqqiy – qabul qilgan bo‘lsa, olib kelsin», dedi. Ular o‘shani sahifalarga, lavhlarga va xurmo daraxti po‘stloqlariga yozib yurishar edi. To ikki shohid guvohlik bermaguncha, u biror narsani yozmas edi».
Demak, ish boshlashdan oldin puxta reja tuzilgan. Bu rejaga binoan, hamma yod biladigan oyati karimalarni yoddan yozishga o‘tilmagan. Balki o‘sha yodlangan narsani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida yozib olgan shaxs olib kelsa, uning ishonchli ekanini surishtirish boshlangan. Kimning qo‘lidagi Qur’oni Karimdan bo‘lgan yozuvga ikki odil, balog‘atga etgan, oqil kishi «Buning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida yozilganiga biz guvohmiz», deya guvohlik bersalargina yozilgan.
Ibn Hajar buni Abu Bakrning Umar va Zaydga aytgan gaplaridagi «ikki guvoh»dan murod nima ekanini tafsir qilayotganda keltiradi.
Abu Bakr shunday degan edi: «Ikkovingiz masjid eshigining oldiga o‘tirib, kim Allohning Kitobidan biror narsani ikki guvoh ila keltirsa, yozinglar».
Bu munqati’ (sanadi uzilgan) hadis bo‘lib, Ibn Abu Dovud uni Hishom ibn Urva o‘z otasidan rivoyat qilgan yo‘li orqali chiqargan. Lekin hadisning roviylari ishonchli odamlardir. Ibn Hajarning tafsiriga ko‘ra, yozilganga bir guvoh va yodlanganga bir guvoh kifoya qilganligi mulohaza qilinadi. Jumhurning tafsiriga ko‘ra esa yozilganga ikki adolatli guvoh, yodlanganga ham ikki adolatli guvoh bo‘lishi lozimdir. Yodlash yoki yozishda bir kishining guvohligi kifoya qilmaydi. Ular ushbu fikrlariga Ibn Abu Dovudning Yahyo ibn Abdurrahmon ibn Xotib yo‘lidan chiqargan hadisini dalil qiladilar:
«Umar kelib: «Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Qur’ondan biror narsani talaqqiy etgan – qabul qilgan bo‘lsa, olib kelsin», dedi. Ular o‘shani sahifalarga, lavhlarga va xurmo daraxti po‘stloqlariga yozib yurishar edi. U to ikki shohid guvohlik bermaguncha, biror narsani yozmas edi».
Saxoviy «Jamalul-qurro» nomli kitobida:
«Ana o‘sha Muhammad yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida yozilganiga ikkita guvoh keltirishdir», deydi.
Bu erda ikki taraflama guvohlik bo‘lmoqda.
Birinchisi – oyatlar ham yodlangan, ham yozilgan bo‘lishi kerakligi.
Ikkinchisi – oyatlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida yozilganiga va yodlanganiga etuk sifatlarga ega bo‘lgan ikkita odam guvohlik berishi kerak.
Ushbu dasturga amal qilgan holda Umar ibn Xattob va Zayd ibn Sobit roziyallohu anhum bir yil muddatda tarqoq holdagi Qur’oni Karim yozuvlarini jamlab, oyatlarni tartibga ko‘ra qo‘yib, kiyik terisiga yozib chiqdilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 157 | Islam