“Amiyn”ni jahriy aytish

Assalomu alaykum! “Fotiha surasidan keyin “amiyn” degan so‘zni ovoz chiqarib aytsa namoz buziladi” deb o‘qidim. Bu erda ovoz chiqarib deganda qanday darajadaligini tushuntirib bersangizlar. Chunki men har doim “amiyn”ni yonimdagi odam eshitadigan darajada aytaman. Bu holatda namoz buziladimi? Men faqat “amiyn”ni emas, niyat, sano duosi, tasmiya, ruk’udagi va sajda tasbehlarini ham shu darajada aytaman. Bu ishim xatomi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Fotiha surasidan keyin “amiyn” degan so‘zni ovoz chiqarib aytsa namoz buziladi” degan gap noto‘g‘ri. “Amiyn”ni aytish sunnat bo‘lib, bunda hech qanday ixtilof yo‘q. Uni jahriy aytish afzalmi yoki maxfiy aytish afzalmi xususida ixtilof bor. Hanafiy mazhabida maxfiy aytish afzal. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar