Taqsit savdoga doir savol

Assalomu alaykum! Men telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanaman. O‘zimda telefonlar yo‘q mijoz falon telefon kerak deb aytadi. Men shuni boshqa joydan keltirib beraman. Telefon sotuvchiga naqd berib, mijozga nasiyaga beraman. Savol: Buyurtma ko‘paygan paytda naqd pul bo‘lmay qoladi. Shunda telefon sotuvchidan telefonni 4-5 kun muddatga qarzga olsak bo‘ladimi yoki faqat naqdga olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Naqdga olib turavering. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar