Ayolga uy ishlarini buyurish

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqdagi kanalda ayollarning uy ishlarini qilishi vojib emasligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Ayol ovqat qilish, kir yuvish, dazmollash kabi ishlarni qilmasa gunohkor bo‘lmaydi, er esa undan bu ishlarni talab qilishga haqqi yo‘q ekan. Unda bu ishlarni er qilishi kerakmi? Xotinni nima keragi bor unda? Erning zimmasiga ayolni boqish vojib bo‘ladiku, ayolga faqat erini ehtiyojini qondirish va uyida o‘tirishdan boshqa narsa vojib bo‘lmaydimi? Hozir bu maqolani o‘qib ayollar qanday xulosa olishlarini o‘ylashni o‘zi qo‘rqinchli. Menga gunoh bo‘lmas ekan, bu ishlar meni zimmamga vojib emas ekan, mana xujjatim deb shu narsani ko‘rsatishini o‘ylab ko‘rib yozildimi bu gaplar? Shunday ayollar toifasi talaygina topilasi oramizda. Itoatli ayollarni qalbida ham shubha uyg‘onadi men o‘zim majbur bo‘lmagan ishlarni qilayotgan ekanman degan. Ozgina kelishmovchilik bo‘lsa shu narsani xujjat qilib ko‘rsatishmaydimi? Ochiq oydin yozilib turgandan keyin qanday qilib erkaklar inkor qila oladi bu gaplarni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erkaklar uchun yozilgan. Chunki erkaklar nikohidagi ayollarini, qaynonalar kelinlarini, hatto qaynota va kuyovning aka-uka, opa-singillari ham kelinni o‘zining quli-xizmatkori deb tushunadigan holatga etib kelindi. Oiladagi ajralishlarning eng ko‘pi o‘shalar kelinlar xizmatlarini qilmaganligida ayblab sodir bo‘lmoqda. Shariatmizda ayollarga qarata erning itoati vojib deb aytib qo‘yilgan. Qolaversa ular bu narsaga a’lo darajada amal ham qilishmoqda, siz aytgan ba’zilarini hisobga olmasa. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar