Tutilgan ro‘zani otamga xadya qilish
Assalomu alaykum! Man inshaallox 30 kun ro‘za tuttib bo‘ldim, man rossiyadaman o‘qiyman, otam menga pul jo‘nataman deb ko‘p ishlaydi. Shuning uchun xozir ro‘za tutaolmayaptilar. Men tutgan 15 kunlik ro‘zamni dadam uchun xadya qilaolamanmi? Agar xar kunimda shuni niyat qilib yurgan bo‘lsamchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz bo‘lgan ramazon ro‘zasini birovning o‘rniga tutolmaysiz. Hatto ota-onangiz bo‘lsa ham. Chunki bu farzi ayn, ya’ni har bir odamni o‘zining zimmasiga farz bo‘lgan ibodat. Ular tutganicha tutadi, qoldirganlarini qazosini qishning qisqa kunlarida bo‘lsa ham tutib beradi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za