shaxsiy
Assalamu aleykum shayx xazratlari! mani qiynayotgan bir savol bermoqchiman. uyimizda 83 yoshga to‘lgan buvim borla. 1 yil avval oyoqlari sinib to‘shakka yotib qoldilar. o‘zlarini eplayolmayotganliklari sababli ularga qarab turibmiz. buvimning 5 o‘g‘il va 2 qizlari bor, hammalari kelib onalariga qarab turishga harakat qilishadi. ammo amakilarim va ammalarimni ishlari ko‘pligi tufayli ko‘pincha ularga man qariman. buvim onamlar bilan yaxshi chiqishmaydilar shu sababli hamma ishlarni manga buyuradilar. ko‘p hollarda ayol kishi qilishi kerak bo‘lgan ishlarni ham qilishimga to‘gri keladi. oyoqlariga, bellariga maz surib qo‘yaman. ayol kishini avrati hisoblanadigan joylariga qo‘l tekkizib maz surishim mani holatimda mumkinmi yoki mumkin emas javob topolmay qiynalib ketdim! iltimos mani qiynayotgan savolga javob berib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. avvaldan raxmat Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, bu kabi ishlarni ayol kishilar qilgani afzal. Siz iloji qolmaganda qilishingiz mumkin.
6 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar