Qazo namozlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Kifoya kitobida qazo namozlarni nafl namozlardan farqli o‘laroq bomdoddan keyin va asrdan keyin o‘qisa joiz deyilgan. Menga qazo namozlarni o‘qib bo‘lmaydigan vaqtlar bomdod namozi vaqti chiqishidan keyin tahminan 20 daqiqa, peshin namozidan avval 40 daqiqa va shom namozidan avval (necha daqiqaligini aniqlashtira olmadim) deb tushuntirib berishdi. Rahmatli Shayx Xazratlari qazo namozlarni farz namozlaridan avval yoki keyin 3-4 kunlik qazoni o‘qib olishni maslahat bergan ekanlar. Menga tushuntirib berishgan vaqt bo‘yicha men bomdoddan 20 daqiqa keyin va peshindan 40 daqiqa avval, shom namozidan oldin 1 soatcha o‘qimayapman. Lekin Shayx xazratlari bomdoddan keyin joiz deganlari va peshindan oldin ham namozni 3-4 kunlik qazosini o‘qib olishni maslahat berishlari bejiz emasligi aniq. Men qaysi vaqt qazo namozlarini o‘qish joiz emasligini tushuna olmadim. Bilimsizligim uchun uzr so‘rayman, lekin bilmaganni shifosi savol. Iloji bo‘lsa daqiqada chamalab tushuntirib bersangiz, qaysi namoz vaqtidan oldin yoki keyin necha daqiqa o‘qimaslikni. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma vaqt o‘qiyvering. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 255 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar