Vaqti chiqqan ado namozi
Assalomu alaykum! Shayx Hazratlarini "Amallar niyatga bog‘liqdir" kitoblari(hilol e-book ilovasi talqinidagi 121-bet)da quyidagicha keladi: "Agar namoz o‘quvchi ado namozni o‘qishni tayin qilsa-yu, vaqt chiqqani aniq bo‘lib qolsa yoki qazo namozni o‘qishni tayin qilsa-yu, namozning vaqti chiqmagani ma’lum bo‘lib qolsa, tayin qilishi bekor bo‘ladi va o‘qigan namozi to‘g‘ri bo‘ladi". Bu holatda, agar biz ado namozini niyat qilib boshlasak va orada vaqti chiqqani aniq bo‘lsa, namozimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Shuningdek, biz o‘qiydigan namozimiz vaqt chiqib ketguniga qadar ulgurmasligimizni bila turib o‘qishga tayin qilsak, bu holatda yuqoridagi iqtibosga tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqt chiqqanini namoz asnosida bilgan bo‘lsa ham ado niyatida o‘qilgan namozi qazo sifatida durust. Ammo namoz asnosida uning vaqti chiqsa namoz buziladi. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar